
Israel Adesanya oktagonga qachon qaytadi?
O‘rta vaznda sobiq UFC chempioni Israel Adesanya keyingi jangini qachon o‘tkazishini aytdi.
"Menda hozircha kamar yyo‘q, ammo ismim ko‘pchilikning tilidan hali ham tushmayapti. Men hech bir jangga qarshi emasman, shu bois bu yil oxiri yoki kelasi yil boshida oktagonga qaytmoqchiman. Hozircha esa raqib topilgani yo‘q. Lekin ishonchim komil, Dana Uayt tez orada buni hal qiladi. Dyu Plessiga qarshi jangga kelsak, yutqazganimni tan olaman. O‘sha bahsda oyoq bilan kam harakat qildim, bir joyda ko‘p turib qoldim. Bu mening xatoyim", - dedi nigeriyalik sportchi "Adom Carello Show" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 305" turnirida Drikus Dyu Plessi Israel Adesanyani 4-raundda sabmishshin orqali mag‘lub etgan edi.
Fikrlar