Isroil Madrimov va Erik Uoker jangdan avvalgi matbuot anjumanida... (Video)

  • 14 avgust, 2020, 09:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

15 avgust (Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongda) AQShning Talsa shahrida Isroil Madrimov mezbon Erik Uokerga qarshi ringga ko‘tarilsa, Shahram G‘iyosov Viston Kampos bilan bahslashadi.

An’anaga muvofiq, ushbu jang avvalida bokschilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Madrimov Eddi Xirnga o‘z minnatdorligini bildirib, Murodjon Ahmadalievning chempion bo‘lishida ham uning hissasi katta ekanligini, chempionlik janglarini O‘zbekistonda o‘tkazish rejasi borligini aytib o‘tdi.

Qolaversa, O‘zbekistonda boksga muxlislik yuqori darajada ekanligi, hukumat barcha sport turlarini rivojlanishida katta yordam berayotganini, Murodjonni rekordini yangilash imkoniyati borligini, Xeyson Rosariomi yoki Jermell Charlo istalgan chempionga qarshi jangga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!