Isroil Madrimovning vaznida barcha chempionlik kamarlari uchun jang sanasi rasman aniq bo‘ldi

  • 3 fevral, 2022, 09:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta (69,8 kg) vazn toifasida WBA, WBC, IBF chempioni Jermell Charlo (34-1-1, 18KO) va WBO chempioni Brayan Karlos Kastano (17-0-2, 12KO) jangi 19 mart kuni Los Anjeles shahrida joylashgan "Crypto.com" arenasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bokschilar o‘rtasidagi birinchi jang 2021 yil 17 iyul kuni bo‘lib, unda tomonlar durang qayd etgan.

Tecno

ESPN xabariga ko‘ra, super yarim o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishida majburiy da’vogar Tim Tszyu (20-0, 15 KO) anderkardda Terrell Gaushaga (22-2-1, 11 KO) qarshi jang qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jermell Charloga tegishli bo‘lgan WBA chempionlik kamariga hamyurtimiz Isroil Madrimov majburiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!