
"Istanbul Bashakshexir" o‘z tarixida ilk bor Turkiya chempionligini qo‘lga kiritdi
"Istanbul Bashakshexir" klubi Turkiya Superligasida muddatidan avval chempionlikni naqd qildi.
"Bashakshexir" kecha "Kayserispor"ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi. Shu kuni peshqadamni ta’qib qilayotgan "Trabzonspor" klubi "Konyaspor"ga yutqazib qo‘ydi va chempion bo‘lish imkoniyatini yo‘qotdi.
E’tiborlisi, bu "Istanbul Bashakshexir" uchun o‘z tarixidagi birinchi chempionlik bo‘ldi.
Fikrlar