
Iste’dodli fubolchi “Real”ga qaytmaydigan bo‘ldi
Ijara asosida “Real Sosedad” safida to‘p surayotgan Martin Edegor Zidan qo‘l ostiga qaytmaydigan bo‘ldi.
Har ikki tomon o‘zaro kelishuvga ko‘ra, ijara muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Pandemiya tufayli Zinedin Zidan jamoani yoshartirish va yangilash rejasini keyingi yilga qoldir. Shu bois Edegor ham madridliklar tarkibiga keyingi yili qaytarilishi mumkin.
Joriy mavsumda 21 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, ettita gol va sakkizta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar