
"Istiqlol"ga ham futbolchilar qo‘shilishda davom etmoqda
Pro-liga qatnashchisi - Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni reja asosida davom ettiryapti. Tarkibda esa o‘ziga yarasha o‘zgarishlar kuzatilyapti. Ayniqsa, “Neftchi”dan bir qator o‘yinchilar ko‘chib o‘tishdi.
Shuningdek, “Istiqlol”ning sobiq o‘yinchilari ham yana qaytmoqda. Jumladan, Mansur Saidov, Dilyor Ermatov, Farruh Turdaliev, Pavel Smolyachenko, Iqbol Boboxonov, Mo‘ydin Mamazulumov, Shohruh Murotov, Elyor Akbarov kabi o‘yinchilar taklif etilgan.
Bundan tashqari, kuni kecha jamoaga yana ikki nafar o‘yinchi qo‘shildi. Bular – Anvar Hojimirzaev hamda Davron Isoqov. Ayni paytda “Istiqlol” Farg‘onada boshlanadigan “Hokim Kubogi” musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar