
Italiya chempionatida yangi tur boshlanmoqda. "Jenoa" kim bilan o‘ynaydi?
Bugundan Italiyada 22-tur start oladi. Bellashuvlar 15 fevralga qadar davom etadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, "Jenoa" safarda harakat qiladi. Eldor Shomurodov jamoasi mehmonda "Torino" bilan kuch sinashadi. Genuyaliklarning raqibi turnir jadvalida 16 ochko to‘plagan holda 17-o‘rinda bormoqda. Davide Ballardini shogirdlari esa, 24 ochko bilan 12-pog‘onani band etgan.
Quyida A Seriya 22-tur uchrashuvlari bilan tanishishingiz mumkin (bellashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan):
22-tur
12 fevral
00:45.Bolonya - Benevento
13 fevral
19:00.Torino - Jenoa
22:00.Napoli - Yuventus
00:45.Spetsiya - Milan
14 fevral
16:30.Roma - Udineze
19:00.Sampdoriya - Fiorentina
19:00.Kalyari - Atalanta
22:00.Krotone - Sassuolo
00:45.Inter - Latsio
15 fevral
00:45.Verona - Parma
Fikrlar