Italiya futboli tarixidagi eng zo‘r futbolchi aniqlandi

  • 19 dekabr, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Britaniyaning  Four Four Two nashri Italiya futboli tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar reytingni tuzdi.

Ro‘yxatning birinchi qatori jahon chempionatida penaltilar seriyasida gol urolmasdan, italiyalik fanatlar qazabiga duchor bo‘lgan Roberto Badjoga nasib qildi.

Kuchli uchlikdan himoyachi Paolo Maldini va yaqindagina uzoq yillik professional faoliyatini yakunlagan darvozabon Janluiji Buffon o‘rin oldi.

Kuchli o‘nlikdagi qolgan o‘rinlar Juzeppe Meatstsa, Janni Rivera, Franko Barezi, Andrea Pirlo, Dino Dzoff va Alessandro del Peroga nasib qildi.

Italiya terma jamoasi o‘z tarixida to‘rt marotaba jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!