Italiya nashri: Eldor Shomurodov borasida ancha jiddiy taklif bor

  • 23.07.2021 18:38
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar mavsumida ko‘pchilikning e’tibori hamyurtimiz Eldor Shomurodovga qaratilmoqda. Sababi "Jenoa" hujumchisiga bo‘lgan qiziqish borasidagi xabarlar tobora ko‘paydi.

Tecno

Shomurodovga "Roma" tomonidan qiziqish bo‘layotganidan xabaringiz bor. Kun ora ushbu transfer atrofida ma’lumotlar uchrayopti. Bugun ham Italiya tomonlarida yuqoridagi kabi xabarlarning navbatdagisi yangradi.

iltempo.it nashri rimliklarning O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha qarori hali kuchida ekanligi va bu transfer qanchaga baholanayotgani borasida ma’lumot chiqardi. Yozilishicha, 26 yoshli Eldor Shomurodov "Roma" klubi rahbari va bosh direktori Tiago Pintoning e’tiboriga tushgan.

Yuqoridagi manbaning ma’lum qilishicha, "Roma" allaqachon "Jenoa" bilan aloqa o‘rnatgan. Futbolchi taxminan 15 million evroga baholanyapti. Shomurodovning ko‘chib o‘tishi dastlab ijara asosida amalga oshirilishi va keyinchalik sotib olinishi mumkin.

Avvalroq Joze Mourinoning o‘zi hamyurtimizni yangi jamoasida ko‘rishni xohlayotgani borasida gaplar tarqalgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Manzilsiz Yo’llar
24/07/2021 15:45
Omad Eldor
&
Турсун Ғани
23/07/2021 23:03
Рома охир оқибат Элдорни Жозе Маурга олиб берса керак. Мақсадлари жиддий шекилли. Элдорга фақат тилагим голлар уришдан тўхтамасин. Шу йўсинда давом этгин Элдоржон.... олға..... сен ҳали кўпларни маҳлиё этасан ўз ўйининг ва голларинг билан.
&
Ашуров Бахтийор
23/07/2021 21:00
Насиб этса Шомуродовни бозори чаққон бўлади.Олғаи Элдоржон!!!