Italiya nashri Eldor Shomurodov borasida O‘FAga murojaat qildi - Davron Fayziev

  • 13 yanvar, 2021, 14:30
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi paytda Italiya nashrlarining nigohi "Jenoa"da o‘zini ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodovga qaratilgan. Avvaliga "Tuttosport" hamyurtimiz "Yuventus"ning qiziqish doirasida bo‘lishi mumkinligini yozgandi. Endi esa, "Gazzetta Dello Sport" hujumchi haqida katta material chop etdi.

Tecno

Shomurodovning o‘yinlari futbolimizni tanitayotgani haqida sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida fikrlarini bayon etdi.

photo_2021-01-11_14-47-39

- Eldor Shomurodov haqida Italiyaning Gazzetta Dello Sport nufuzli nashri yozmoqda.

“Jenoa" o‘zining yangi Eldor..adosini topdi”, deyilgan sarlavhada. Shuningdek, Shomurodovning Italiyadagi hayoti, O‘zbekistonda uning faoliyatiga munosabat, natijalari, instagram sahifasi va yana bir qancha ma’lumotlar yozilgan. Bularni tarjima qilmasak ham sizga ma’lum, italiyaliklar esa, Shomurodov bilan endi tanishmoqda. Eldorning debyuti "Jenoa"da umid uyg‘otmoqda. Uning yordamida Genuya klubi A Seriyada kurashni davom ettirmoqchi.

Darvoqe, Gazzetta vakillari bizga ham (O‘FA Mediyasiga) murojaat qilib, Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqishdi. Tashkil etib berdik. Hozirda Italiya futbol ommasi O‘zbekiston futboli bilan yaqindan tanishmoqda. Mana qanchalik muhim kuchli chempionatlarda vakillarimizning o‘ynashi. Ko‘payaverishsin, - deya yozib qoldirdi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Vahobjonov Islomjon
11/01/2021 23:22
Eldorga gap yuq
Fazik Abdullayev
11/01/2021 23:37
Prostate super faqat olg'a jigarim
Doniyor Kuldoshov
12/01/2021 20:37
Фикрим битта, Элдордан ҳар ўйинда 1 гол кутаман.