
Italiya nashri: Joze Mourino hujumda ishonch bildiradigan 2 futbolchi bor
A Seriya 31-turida "Sampdoriya" - "Roma" bahsi bo‘lib o‘tadi. Italiyaning "La gazzetta dello sport" nashri uchrashuv oldidan jamoaning tarkibi, jumladan, hujum chizig‘i haqida mulohaza yuritdi.
"Roma" bu tur odatiy o‘yin uslubi va doimgi tarkibda harakat qiladi. Joze Mourino o‘ziga kerakli futbolchilarni tanlab olgan. Uning asosiy tarkib va qo‘shimcha 2-3 o‘yinchisi bor... Hujumda hech qanday shubhasiz Temmi Abraham va Nikolo Dzanolo to‘p tepadi. Hozirgi kunda "bo‘rilar" safida ularni almashtiradigan futbolchilar yo‘q.
Mourino ularga suyanadi va ikki futbolchi ishonchni oqlayapti. Zaxiradan esa Eldor Shomurodov hamda Stefan El-Shaaravi maydonga tushishi mumkin...
"Sampdoriya" - "Roma" bahsi 3 aprel kuni o‘tkaziladi.
Fikrlar