Italiya nashri Muorino bugun yana avvalgi taktikasidan foydalanishini va hujumda ikkita futbolchi harakat qilishini yozdi. Ular kimlar?

  • 5 fevral, 2022, 12:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bugun Italiya chempionati 24-turidan o‘rin olgan bahsda "Jenoa" bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Tecno

Rimliklar Eldor Shomurodovning sobiq jamoasini qabul qiladi. O‘yin "Sport" telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Uchrashuv oldidan mamlakatning taniqli nashrlaridan biri "La gazzetta dello sport" Joze Muorino yana avvalgi taktikasidan foydalanishini, hujumda ikkita futbolchi harakat qilishini yozdi.

Portugaliyalik mutaxassis oldingi chiziqda Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo tandemidan foydalanadi. Ya’ni "bo‘rilar" 3-4-1-2 taktikasida joylashadi. Bunda tabiiyki, Eldor Shomurodov zaxirada qoladi. Hamyurtimiz ikkichni bo‘limda maydonga tushishi mumkin.

Rimliklar turnir jadvalida 38 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. "Jenoa" esa 13 ochko jamg‘argan holda 19-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!