
Italiya nashri "Roma" - "Sassuolo" uchrashuvining taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi (Foto)
Bugun Italiya chempionati 3-turidan o‘rin olgan 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatlisi "Roma" ishtirokidagi bahs.
Rimliklar bu gal o‘z uylarida "Sassuolo"ni qabul qilishadi. Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.
Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "la gazzetta dello sport" "Roma" - "Sassuolo" uchrashuvining taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Ammo boshlang‘ich tarkibga hamyurtimiz Eldor Shomurodov kiritilmagan.
Fikrlar