Italiya nashri: Super Shomurodov "Latsio"ni qo‘rqitmoqda (Foto)

  • 4 yanvar, 2021, 15:10
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya 15-turida "Jenoa" - "Latsio" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Tecno

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "La Gazzetta dello Sport" ushbu o‘yinga e’tibor qaratdi. Unda yozilgan biz uchun ahamiyatga molik bo‘lgan satrlariga e’tibor qaratamiz.

Nashr "Genuyada Destro Immobilega javob berdi. Super Shomurodov "Latsio"ni qo‘rqitmoqda" nomli maqola chop etdi.

Bezymyannyy_11

- "Bellashuvda rimliklar hujumchisi Chiro Immobile 15-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘limda esa, Davide Ballardini maydonga o‘zbekni tushirdi. Eldor Shomurodov tezkorlik bilan oldinga otlandi va qarshisidagi raqibini ajoyib tarzda aldab o‘tib, sherigi Mattia Destroni qulay vaziyatga olib chiqdi. U esa, vaziyatdan samarali foydalandi. Shomurodovdan super harakat. Ballardini vaziyatni yaxshilashga intilmoqda", - deyiladi maqolada.

b0ygVTZ_

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
04/01/2021 16:12
Элодор энди факат гол
&
Marufjon
04/01/2021 15:14
Нима дердик, нимаям дердик, кўз тегмасин. Хозирда асистлари билан чўчитаётган бўлса кейинги ўйинларда голлари билан чўчитишини истаб ва тилаб қоламиз !
Odil Kilichov
04/01/2021 15:01
Салом бу гол Шомуродовники лекин нишонлаган достер хурсанд