
Italiya Superkubogi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi
“Yuventus” hamda “Latsio” klublari o‘rtasidagi Italiya Superkubogi bahsi Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Italiya futbol federatsiyasi uchrashuv joyini o‘zgartirmaslikka qaror qilgan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq ayrim siyosiy sabablarga ko‘ra ushbu bahs boshqa mamlakatga ko‘chirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgant edi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” – “Latsio” o‘yini 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar