
Italiya terma jamoasidan rekord
Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan Armaniston va Italiya (1:3) qarama-qarshilig bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Italiya g‘alaba qozondi.
Evropa chempionatining saralash bosqichidan o‘rin olgan ketma-ket 35 ta uchrashuvda italiyaliklar mag‘lub bo‘lishmadi. 26 ta g‘alaba va 9 ta durang natija qayd etishdi va bu borada rekord o‘rnatishdi.
Italiya so‘nggi bor, 2006 yilning 6 sentyabr kuni Evro-2008 saralash bosqichida Frantsiya (1:3) terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya Evro-2020 saralash bosqichining "J" guruhida 15 ochko bilan etakchilik qilishmoqda.
Fikrlar