
Italiya terma jamoasining sobiq ustozi endi A Seriya klubini boshqaradi
"Jenoa" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ivan Yurichni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra genuyaliklar rahbariyati jamoaning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari sabab shunga qaror qilishgan. Aytish kerakki, o‘zi A Seriyada ishlari yurishmayotgan “Jenoa” kecha Italiya kubogi 1/16 final bosqichida ham quyi divizion vakiliga imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashdi.
Ma’lumotlarga qaraganda “Jenoa” boshqaruvini Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Chezare Prandelli o‘z qo‘liga oladi.
Eslatib o‘tamiz, “Jenoa” ayni damda ortda qolgan 14ta tur yakunlariga ko‘ra 15 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar