
Italiyalik futbol yulduzi nega rus klubiga o‘tganini izohladi
"Zenit" klubi sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio nega aynan piterliklar bilan shartnoma imzolaganini aytdi.
“Yuventus”ga sodiq qolish uchun ham “Zenit”ga o‘tdim. Aynan shu sababli men boshqa chempionatni tanladim, A Seriyani emas.
Men har doim o‘zimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishni orzu qilardim. Bu mening oila a’zolarim uchun ham yangi tajriba bo‘ldi. Uning bu erda dugonalari yo‘q edi va u rus tilini bilmasdi”, - deydi italiyalik futbolchi.
Markizio 2018-2019 yillarda “Zenit” sharafini himoya qildi. U rus klubida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Shu yilning o‘zida Klaudio “Zenit” safida Rossiya chempionligini ham qo‘lga kiritdi.
Fikrlar