Italiyalik jurnalist Shomurodovning qaysi jamoa bilan muzokara boshlagani va uning uchun qancha pul taklif qilingani haqida ma’lumot berdi

  • 28 iyul, 2021, 13:43
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Transferlar mavsumida Eldor Shomurodovga oid ma’lumotlar ham ko‘paymoqda. Hamyurtimizning qaysi klubga o‘tishi barchani birdek qiziqtiradi. Shu boisdan ham Shomurodovga aloqador ma’lumotlarni kuzatib bormoqdamiz.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marzio tvitterdagi sahifasida “Jenoa” va “Roma” Eldor Shomurodovning transferi bo‘yicha muzokaraga kirishganini yozdi.

Uning ma’lum qilishicha, rimliklar hujumni kuchaytirishni o‘ylamoqda. Bu borada birinchi raqamli nomzod - Sardor Azmun. Ammo uning transferidagi shartnoma bandlari va Azmun uchun “Bayer” jiddiy tarzda kurashyapti. Shu bois rimliklar hamyurtimizni sotib olmoqchi.

O‘z navbatida, “Roma” Eldor Shomurodovning transferi uchun 15 million bermoqchi. Biroq genuyaliklar undan ko‘proq summa so‘ramoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!