Italiyaliklar O‘zbekistondan Shomurodovga o‘xshagan yana bir juft futbolchini kutmoqda!

  • 24 may, 2021, 05:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 9
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaxshi futbolchi o‘z mamlakatining futbol salohiyatini jonli tarzda reklama qiladi, degan gapga qo‘shilmay ilojimiz yo‘q. Eldor Shomurodovning Italiyadagi muvaffaqiyati xorijlik mutaxassislar va muxlislar e’tiborini O‘zbekistonga qaratishiga shubha yo‘q edi.

Eldorning A Seriyadagi debyut mavsumini juda yaxshi o‘tkazdi. U tezkorlik, kurashuvchanlik, bosh bilan yaxshi o‘ynash, aniq pas oshirish, dribling, himoyachilarga yordam berish kabi professional mahoratidan tashqari, mehnatkashlik, kamtarlik, samimiylik, intiluvchanlik kabi insoniy fazilatlari bilan ham genuyaliklarning mehrini qozondi.

75fb25012ae08e1553a513b156598994

Legionerimiz chempionatning so‘nggi uchrashuvida “Kalyari” darvozasini ham ishg‘ol qilib, A Seriya o‘yinlarini yuqori notada yakunladi. Ushbu bahsdan keyin “Jenoa” muxlislari klubning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida Shomurodov haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Sports.uz sayti muxlislar e’tiboriga genuyalik futbol ishqibozlarining munosabatlarini havola etadi.

Giusi Vernoccoli:

Eldor oxirgi oltita o‘yinda beshta gol urdi. Kelasi mavsumga asosiy hujumchi masalasi hal bo‘ldi, deb o‘ylayman. O‘zbek hujumchisi mavsum oxiriga kelib, fantastik formaga kirib oldi va bu holatini ushlab qolsa, keyingi chempionatda yangi yulduzimiz bo‘ladi.

Titta Cerrone:

Shomurodov katta tezlikda zo‘r o‘ynar ekan. Klavanning fonida 100 metrga yuguruvchi tezkor engil atletikachiday ko‘rindi. Eldor qarshi hujum taktikasiga juda mos tushadigan hujumchidir.

Gianni Tammaro:

Esingizda bo‘lsa, ko‘pchilik uzoq mamlakatdan o‘yinchi olganimizda hayratlangan edi. Hamma O‘zbekistonda futbol yo‘q derdi. Ana endi, O‘zbekistondan yana bir juft futbolchi olishimiz kerak bo‘lyapti. U erda Shomurodovga o‘xshagan iste’dodlar ko‘pligiga aminman!

188882852_4594841867193364_7776776766748416299_n_1

Domenico Cummero:

Shomurodovning har bir golidan keyin Janluka Skamakkani olib qolish ishtiyoqi pasayib bormoqda. Eldor to‘liq o‘ynamagan debyut mavsumida 8 ta gol urdi. Skamakka ham o‘zi moslashgan chempionatda shuncha to‘p kiritdi. Shu holatda ham Skamakka uchun katta pul talab qilishadi. Shomurodov esa o‘zimizning futbolchi hisoblanadi.

Ernesto Ciccone:

Mavsumni bunaqa yakuniga qarab, “Yuventus” Shomurodovni sotib olsa, umuman hayron bo‘lmayman. O‘zbek hozir eng zo‘ri!

Stefano Savino:

Shomurodov hozir hammani hayratga solmoqda. Deyarli har bir o‘yinda gol uryapti. Asosiysi, Kshishtof Pyontekka o‘xshab, iqtidorini yo‘qotib qo‘ymasa bo‘ldi.

Pasquale Iovine:

Eldor sakkizta gol urdi. Aslida ko‘proq to‘p kiritishi mumkin edi. Agar jarohatlar xalaqit qilmaganida va murabbiylar darrov ishonch bildirganida 15 tagacha gol urishi mumkin edi. Har holda Rossiyadan yaxshi saviyadagi hujumchi olindi.

188900455_4594841420526742_6246503517760423889_n

Alessandro Grieco:

Shomurodov selektsiyamizning eng yomon xarididan ajoyib muvaffaqiyatgacha bo‘lgan katta bosqichni bosib o‘tdi. Dastlabki 26 ta uchrashuvda u atigi 3 ta gol urgandi. Keyinchalik oltita bahsda beshta to‘p kiritdi. Gol urishni oldinroq boshlaganida bormi...

Shomurodov zo‘rligini isbotlab qo‘ygan o‘yinda necha ballga loyiq ko‘rildi?

O‘zbek legioneri hali Evropada ham porlaydi!

 Bizga Shomurodov kerak!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Bizga shunday legioner kerak! Muxlislar o‘zbek futbolchisini o‘rnidan turib olqishladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
25/05/2021 05:33
Насафнинг тулик таркиби Италия чемпионатини ёриб ташлайди. Насафни узини премьерага олиш керак!
&
LiViRpUl+ GeNeO
24/05/2021 12:57
Jasur yaxwi murabiy bulsa bu boladan kup narsa kutsa buladi hali kop iwgaqodir
Baxil Alihuja
24/05/2021 11:15
топ5 да уйнай оладиган уйинчилар куп! Факат пахтакорда ЭМАС!!! Саънат Шарипов топ5 га уйинчи олиб чикаман деб, кийналиб кетди, бечора! Кийналганидан хатто Футбол Ассоциациясида хам ишни тузукрок эплолмай, яна кочиб кетди! Бола ёш, кандай харакатланишни хали билмайди, Мирзахаким акадан сураганида аллакачон эплар эди!
Akbarali Abdunazarov
24/05/2021 08:53
Насафдан Ойбек Бозоров,Ш.Наспуллаев,А.Неьматов, Х.Аликулов кучли 5 лик чемпионатига жавоб берадиган уйинчилар. Э.Шомуродов агар Рома, Лацио еки Аталвнтага ухшаган жамоаларга утса камида 20 та туп киритади!
24/05/2021 09:44
Тугри Насафдан хам тортади уйинчилар.
TV TV
23/05/2021 23:27
Жалолиддин Машарипов ва Иброхимхалил Йулдошев тортади хозирги пайтда любой чемпионатга.
Abbos Axmedov
24/05/2021 01:08
Тўғри гапингиз ва яна Насаф жамоасида хам жудаям талантлар купки қай бирини олиш учун уларни икки камандага булиб 4 тайм йоки ундан копро ўйнатиб синаш хам мумкин
Baxil Alihuja
24/05/2021 11:11
Жалолидиндан кура, ЖалолидинОВ купрок мос келади! Хар холда Машариповга ухшаб юлдузлик касалига дучор булмаган, пахтакорда умрини утказиб, бироз сунмаган. Уйинчиларни пахтакордан олиш керак эмас, НАСАФ ёки Бунёдкорда топ5 га мос уйинчилар бор.
TV TV
24/05/2021 12:22
Жалолиддиновни шахсан бирор каромат курсатганини курмаганман. Физический бакувват бола эмас. Зур булганда Андижонни юкорига тортган буларди. Россия чемпионатида уйнолмай кайтдику. Европага хали йул булсин.