Italiyaning yana bir klubi Nunes uchun kurashga qo‘shildi

  • 21 iyul, 12:46
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes "Yuventus"ning e’tiborini tortdi. A Seriya grandi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin Dushan Vlaxovich bilan xayrlashib, yangi hujumchini jamoaga jalb qilmoqchi.

"La Stampa" nashrining xabar berishicha, "Yuventus" rahbariyati Nunes bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. "Liverpul" urugvaylik futbolchi uchun taxminan 60 million evro so‘ramoqda, biroq ijaraga berishga ham rozi bo‘lishi mumkin. 

Darvin Nunesni o‘z safiga qo‘shib olishga "Napoli" va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klublari ham qiziqish bildirgan. 26 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!