Ivan Solovyov faoliyatini yana Qirg‘izistonda davom ettirmoqda

  • 23 mart, 19:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muxlislarimizga “Navbahor”, “Nasaf” hamda “Lokomotiv”dagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik legioner Ivan Solovyov yangi mavsumni Qirg‘iz Respublikasi chempionatida o‘tkazmoqda. U premer-ligada yangi tashkil etilgan “Bishkek Siti” klubi a’zosiga aylandi.

Tecno

U dastlabki ikkita o‘yinda maydonga tushdi va ikkita golli pas berishga ulgurdi. Hozircha “Bishkek Siti”da 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat bor. Solovyov o‘tgan yili Qirg‘izistonning boshqa bir klubi – “Muras Yunayted” sharafini ham himoya qilgan.

Ivan Superligamizda hammasi bo‘lib, 127 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi va 17 ta assistni bajardi.

Ahmedov, Mochinov, Mamatkazin, Sidorov, Sohibov yoxud qo‘shni chempionatda yana qaysi legionerlarimiz bor?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!