
Ixtiyor Karimov: Ximoyadagi bexato o‘yin sababli g‘alaba qozondik
Oliy liganing 10-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan"-"Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ixtiyor Karimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi:
"Avvalambor, barcha muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Biz uchun bugun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. O‘zingiz ko‘rdingiz, "Bunyodkor" bugun o‘yin tizginini to‘liq o‘z qo‘lida ushlab turdi. Yagona gol va himoyadagi bexato o‘yinimiz bizga g‘alaba olib keldi.
Taran va Boymatov xaqida nima deyishim mumkin, nasib qilsa Igor yaqin orada safimizga qo‘shiladi. Eldor Boymatovning tiklanishi uchun esa yana bir hafta vaqt kerak bo‘ladi", - deydi Ixtiyor Karimov.
Fahriddin Choriev
Fikrlar