Ja’far Irismetov OChLning ilk turidagi o‘yinlar oldidan klublarimiz imkoniyatini qanday baholadi?

  • 17 sentabr, 2023, 09:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumi ham start olish arafasida. Xabaringiz bor, to‘rtta jamoamiz – “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va OKMK klublari guruh bosqichida ishtirok etadilar va 18-19 sentyabr kunlari ilk uchrashuvlariin o‘tkazadilar.

Tecno

Taniqli mutaxassislardan biri Ja’far Irismetov klublarimiz OChLdagi ilk tur o‘yinlari oldidan imkoniyatlarini baholadi.

“Paxtakor” – “Al-Ayn”

- “Paxtakor” o‘z maydonida o‘ynashi evaziga mezbonlarda biroz tashabbus bo‘lishi mumkin. Ammo “Paxtakor”ni hozirgi holatidan kelib chiqib, bu uchrashuvga 50x50 sifatida baho bergan bo‘lardim. “Al-Ayn”ni juda yaxshi bilmayman. Boz ustiga hozirgi paytda BAA klublari kuchli o‘yinchilarni xarid qilishmayapti. O‘ylashimcha, bo‘lajak uchrashuvda durang bo‘lishining ehtimoli katta.

paxtakor5_2

“Al-Hilol” – “Navbahor”

- Bu erda “Al-Hilol”ning imkoniyati ko‘proq, balki juda ham ko‘proq desak bo‘ladi. “Navbahor” futbolchilarini terma jamoa bilan birga safarga borib kelib, soat vaqtlari almashganini hisobga olsak, bu klubning imkoniyatlari kamroq. Ammo o‘ylashimcha, “Navbahor” to‘g‘ri yo‘nalishda o‘yin ko‘rsata olsa, balki nimadir bo‘lar. Lekin tan olish kerakki, bo‘lajak to‘qnashuvda “Al-Hilol”ning imkoniyati katta. Ular xarid qilgan yulduzlar jamoa o‘yinini “ochyapti”. Bilmadim, Neymar o‘ynaydimi-yo‘qmi?!

navbahor1_1

“Al-Ittihod” – OKMK

- OKMK safida terma jamoaga kamroq futbolchilar borgan. Shuni hisobga olsak, olmaliqliklarda yaxshiroq imkoniyat bo‘lishi mumkin. Lekin, baribir “Al-Ittihod”ni o‘z uyida o‘ynayotganini hisobga olsak, menimcha ularning qo‘li baland keladi. Albatta, futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

agmk2_1

“Al-Faysali” – “Nasaf”

- To‘g‘risi, Iordaniya jamoasini bilmayman. Lekin bilganim shuki, Iordaniya jamoalari kurashuvchan. Shu bois “Nasaf”ga ham oson bo‘ladi, deb hisoblamayman. Ammo bu juftlikda “Nasaf”ning imkoniyatini yuqoriroq baholagan bo‘lardim. Chunki jamoada Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish tajribasi bor. Futbolchilari ham yaxshi sport formasida. Xudo xohlasa, “Nasaf”ning qo‘li baland keladi, deb o‘ylayman.

nasaf1_4

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nazarovsodiq
18/09/2023 08:26
Жамоаларимизга омад ёр Аллох мададкор булсин