
Jahon chempionati guruh bosqichi ramziy jamoasi
Jahon chempionatida guruh bosqichi uchrashuvlari nihoyasiga etdi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi "WhoScored" portali mazkur bosqichning eng yaxshilaridan tuzilgan ramziy jamoani taqdim etdi. Tarkibga kamida ikkita o‘yinda maydonga tushgan, eng yaxshi ball jamg‘argan futbolchilar kiritilgan.
Ular bilan tanishing.
Darvozabon: Voytsex Shchesni (Polsha) - 8,22;
Himoyachilar: Ashraf Hakimi (Marokash) - 7,51, Jan-Sharl Kasteletto (Kamerun) - 7,71, Xarri Maguayr (Angliya) - 7,43, Teo Ernandes (Frantsiya) - 7,98;
Yarim himoyachilar: Kazemiro (Braziliya) - 7,89, Frenki de Yong (Niderlandiya) - 7,75, Brunu Fernandesh (Portugaliya) - 8,36;
Hujumchilar: Antuan Grizmann (Frantsiya) - 7,73, Kilian Mbappe (Frantsiya) - 7,84, Lionel Messi (Argentina) - 7,87.
Fikrlar