Jahon chempionati kubogi ilk marta O‘zbekistonda "mehmon" bo‘ladi
Xabaringiz bor bugun tarixda ilk marta futbol bo‘yicha jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga keladi va Toshkentda "mehmon" bo‘ladi.
Ta’kidlash lozimki, jahon chempionati kubogining dunyo bo‘ylab turnesi ilk marta Germaniya mezbonlik qilgan JCh-2006dan boshlangan edi. Bu safar JCh Kubogi 221 kun davomida 90ta shahar bo‘ylab olib o‘tiladi. JCh Kubogi mazkur tur doirasida jami 149 576 78 km masofani bosib o‘tadi.
JCh Kubogining og‘irligi 6,175 kg ni tashkil qiladi. JCh Kubogi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan barcha mamlakatlar bo‘ylab olib o‘tilishini ham ta’kidlash kerak. JCh Kubogiga Jahon chempionatida g‘alaba qozongan har bir mamlakatning nomi va g‘alaba qozongan yili o‘yib yozilgan.
Tur davomida butun dunyo bo‘ylab jami 800 000 dan ortiqroq odamlar JCh Kubogi bilan birga suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan mamlakat Rossiyada JCh Kubogining turi jami 123 kun davom etib, Rossiyaning 24ta shahrini kezib chiqadi va 26 000 km masofani bosib o‘tadi.
Ushbu tur ikki qismdan iborat bo‘ladi. 2017 yil bo‘lib o‘tgan turda JCh Kubogi 15ta shaharda bo‘ldi. 2018 yilning may oyidan boshlanadigan ikkinchi turda JCh Kubogi Rossiyaning 9ta shahri bo‘ylab o‘tadi va oxirida Moskva shahriga olib kelinadi.
Bugun 6 fevral kuni JCh Kubogi Toshkentga olib kelinadi. Bu tarixiy hodisa bo‘lib, shu paytga qadar JCh Kubogi Toshkentga olib kelinmagan. Toshkentda JCh Kubogi delegatsiya a’zolari bilan matbuot anjumani tashkil qilish ham rejalashtirilgan.
Toshkentga kelishidan avval Jahon chempionati Kubogi Sharqiy va Markaziy Osiyodagi to‘qqizta shaharni aylanib chiqdi.
Jumladan, 29 yanvar — Makao (Makao), 31 yanvar — Nukualofa (Tonga), 1 fevral — Xoniara (Salomon orollari), 1 fevral — Port-Mórsbi (Papua Yangi Gvineya), 3 fevral – Lahor (Pokiston), 4 fevral – Olmaota (Qozog‘iston), 5 fevral – Bishkek (Qirg‘iziston), Dushanbe (Tojikiston).
Toshkentdan keyin JCh Kubogi Ashxobodga boradi va undan so‘ng Erevan, Tbilisi, Baku, Valetta, Vena, Minsk, Sofia, Tel-Aviv, Larnaka, Ramalloh, Amman, Dubay, Xartum, Addis-Abeba, Nayrobi, Maputo, Yoxannesburg, Keyptaun, Kampala, Abudja, Lagos, Dakar, Abidjan, Qohira, Rim, Neapol, Parij, Kyoln, Oslo, Torshavn, Reykyavik, Tukuman, Berasategi, Buenos-Ayres, Rosario, Bogota, Panama, San-Xose, Gvadalaxara, Monterrey, Mexiko, Nyu-York, Mayami, Los-Anjeles, Frankfurt, Ulan-Bator, Pekin, Shanxay, Tokio, Osaka shaharlarini aylanib chiqib, oxiri Moskva shahriga etib boradi.

Fikrlar