
Jahon chempionatida porlagan yulduz PSJga o‘tishi mumkin
"Benfika" va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"RMC Sport" nashrining xabariga ko‘ra, 21 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati ushbu transfer yordamida klubda raqobat kuchayishini kutmoqda.
Avvalroq, Entsoga "Real", "Barselona", "Atletiko", "Manchester Siti", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Chelsi", "Arsenal" va "Inter" jamoalari qiziqish bildirayotgani haqda xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida eng yaxshi yosh o‘yinchiga aylandi.
Fikrlar