Jahon chempionatidagi "Marokash ertagi" qahramonlaridan biri Italiyaga kelishi mumkin

  • 11 yanvar, 2023, 19:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi Frantsiyaning "Anje" klubi yarim himoyachisi Azzedin Unai bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Qatardagi mundialda o‘zini yaxshi o‘yin tomonlama ko‘rsata olgan Marokash terma jamoasining 22 yoshli futbolchisi Azzedin Unai Evropaning etakchi chempionatlari vakillarining "oromini o‘g‘irlagan". Ular orasidan aynan "Napoli" yarim himoyachi uchun asosiy da’vogar deb aytilmoqda.

"Get Football News France" nashri xabariga ko‘ra, neapolliklar Unai uchun 15 million evro va bonuslar to‘lashga tayyor. Ammo bu frantsuz jamoasini qanoatlantirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, marokashlik futbolchining "Anje" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!