Jahon chempionatiga bormasam bormasman, lekin “Barsa”dan ketmayman!
“Barselona” asosiy tarkibidagi joyini yo‘qotgan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen jahon chempionatida ishtirok ilinjida Kataloniya klubini tark etmasligini bildirdi.
Gap shundaki, Hans-Diter Flik “Barselona”ni qabul qilib olganidan keyin jamoa sardori ter Shtegenning ishlari yurishmay qoldi. Qo‘shimchasiga og‘ir jarohat uning faoliyatini izdan chiqardi.
Agar 33 yoshli posbon muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, Germaniya terma jamoasi safida 2026 yildgi jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Biroq ter Shtegen mundialda qatnashish g‘oyasiga qattiq bog‘lanib qolmagan, U agar o‘z darajasiga mos jozibali takliflar bo‘lmasa, hatto zahirada qolib ketsa ham “Barselona”dan ketmoqchi emas.
Bu haqida jurnalist Adria Al’bets xabar berdi.
Hozircha, Mark-Andre ter Shtegenni qoniqtiradigan taklif tushgani yo‘q. Tajribali posbon dekabr oyida umurtqa jarohatidan so‘ng safga qaytgandi.



Fikrlar