
Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyada 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
U-17 Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlagan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi avgust oyida Yaponiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari mazkur yig‘in doirasida Yaponiya va bir nechta mahalliy klublar bilan birgalikda "Hiroshima Youth Soccer Games 2023" o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi.
8 avgust
"Hiroshima U-18" — O‘zbekiston U-17
10 avgust
"Sanfreche Hiroshima youth" — O‘zbekiston U-17
11 avgust
Yaponiya U-17 — O‘zbekiston U-17
Fikrlar