Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoasi aniqlandi
Transfermarkt portali ekspertlari Qatarda boshlanayotgan jahon chempionatida eng qimmat tarkibga ega terma jamoani aniqladi.
Unga ko‘ra, Angliya milliy terma jamoasi mundial qatnashchilari orasida eng qimmati bo‘lib chiqdi. Garet Sautgeyt shogirdlarining umumiy transfer qiymati 1,26 milliard evroni tashkil qildi.
Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi.
Angliya (€ 1,26 mlrd).
Braziliya (€ 1,14 mlrd).
Frantsiya (€ 1,03 mlrd).
Portugaliya (€ 937 mln).
Germaniya (€ 886 mln).
Ispaniya (€ 872 mln).
Argentina (€ 645 mln).
Niderlandy (€ 587 mln).
Belgiya (€ 563 mln).
Urugvay (€ 450 mln).

Fikrlar