
Jahon chempionatining navbatdagi kuni vakillarimiz uchun medallarsiz yakunlandi (Batafsil)
Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi kuni vakillarimiz uchun medallarsiz yakunlanadigan bo‘ldi.
Xususan, bugungi kun bahslari doirasida -81 kg vaznda Davlat Bobonov va -90 kg vazn toifasida Muhammadkarim Xurramov va Shermuhammad Jandreevlar tatamiga ko‘tirilishdi.
Xususan, -80 kg vazn toifasidagi vakilimiz Davlat Bobonov "A" guruhida dastlabki bahsdayoq yaponiyalik Tomokiyo Xikaroga ippon bahsosi evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, terma jamoaning boshqa vakillari biroz uzoqroqqa borishga muvaffaq bo‘lishdi.
Qiziq tomoni shundaki, -90 kg vazn toifasidagi sportchilar bahsida hamyurtlarimiz yaponiyalik raqiblari to‘sig‘idan o‘tishning uddasidan chiqa olishmadi. Dastlab, o‘z vazn toifasining "A" guruhida gruziyalik Imeda Gogoladzeni ogohlantirishlar hisobiga mag‘lub etdi va keyingi bosqichda ukrainalik Mikita Matlishevskidan vazare bahosi evaziga ustun keldi. Biroq, chorak final bosqichi oldidan "kunchiqar yurt" vakili Goki Tajima bilan ro‘baro keldi va ippon bahosi bilan raqibini keyingi bosqichga kuzatib qo‘ydi.
Shuningdek, ushbu vaznda, sherigidan uzoqroqqa borgan Shermuhammad Jandreev esa, bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida Tajimening jamoadoshi Koshi Nagai to‘sig‘ini enga olmadi. Ushbu Surxondaryo maktabi tarbiyalanuvchisi o‘z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlab, dastlab kolumbiyalik Frantsisko Balantani ogohlantirishlar hisobiga, Rossiya vakili Roman Dontsovni esa ippon evaziga mag‘lub etgan holda, chorak final masalasini hal qilib ulgurgandi. Biroq, ushbu bosqichda dominikanlik Robert Florentino vakilimizdan ustun ekanligini namoyish etdi va Jandreevni ikkita vazare bahosi evaziga mag‘lub etgan holda, yarim finalga yo‘l oldi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, bronza medali yo‘lida ham hamyurtimizga omad kulib boqmadi.
Fikrlar