
Jahon chempioni sensatsion transfer sababini oshkor qildi
Angliyaning eng qudratli jamoasiga aylangan “Manchester Siti”ni tark etib, Madridning “Atletiko” klubiga ko‘chib o‘tgan argentinalik jahon chempioni Xulian Alvares o‘z qarorini tushuntirib berdi.
24 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida klublar miqyosidagi bir necha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi.
- Men faoliyatimda o‘zgarish qilish mavridi kelganini, yangi chorlov kerakligini his qildim. Yangi klubim futbolchi sifatida yanada yaxshi rivojlanimish uchun imkon beradi, - dedi Xulian Alvares.
“Atletiko” mohir to‘purarni qo‘lga kiritish uchun 75+20 million evro ko‘rinishida xarajat qilishga kelishilgani aytilmoqda. Alvares 2030 yilning 30 iyuniga qadar Madrid klubida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Fikrlar