Jahon chempionini besh yildan keyin terma jamoaga chaqirishdi

  • 25 sentabr, 2024, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan Florian Toven besh yillik tanaffusdan so‘ng yana Frantsiya terma jamoasiga chaqirtirildi.

“Udineze”da to‘p tepayotgan o‘ng qanot hujumchisi A Seriyaning dastlabki beshta uchrashuvida uchta gol va bitta assist qayd etganidan keyin Dide Desham uni terma jamoaning kengaytirilgan tarkibiga kiritildi.

Tovenning yulduzli davri 2018 yilga to‘g‘ri kelgan va o‘shanda Frantsiya terma jamoasi bilan jahon chempionligiga erishgan edi. 2019 yilning yozida terma jamoada so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi va undan keyin chorlov bo‘lmagan.

31 yoshli futbolchi aslida “Grenobl” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Frantsiyaning  “Bastiya”, “Lill”, “Marsel”, Angliyaning “Nyukasl”, Meksikaning “Tigres” jamoalarida ham o‘ynagan.

2023 yilning boshida “Udineze”ga qo‘shilgan tajribali vingerning shartnomasi kelasi yoz yakuniga etadi.

Toven Frantsiya terma jamoasi safida o‘nta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘lgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!