Jahon chempionining "Yuventus"ga o‘tishi borasidagi xabarlar asossiz

  • 11.09.2020 18:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

«Chelsi» klubi hujumchisi Olive Jiru «Yuventus»ga o‘tmaydi. Bu haqda taniqli jurnalist Nikolo Skira tvitterdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.

Manbaning yozishicha, frantsiyalik forvard London klubida o‘ynashda davom etadi. Unga qiziqqan «Yuventus» bilan muzokara o‘tkazilmayapti.

Avvalroq, jahon chempioni turinliklar bilan kelishuvga erishgani borasida xabarlar tarqalgandi. 33 yoshli forvard "Yuventus"da 2 yil to‘p tepishi aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!