
Jahon futbolidagi eng zo‘r o‘yinchi nomi aytildi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker jahon futboli tarixidagi eng zo‘r charm ustasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Lionel Messi barcha zamonlardagi futbolchilar orasida men uchun eng sevimli o‘yinchi va shaxsiy fikrimga ko‘ra, futbol tarixidagi eng zo‘ri.
Haqiqiy buyuk o‘yinchilar – Kroyf, Zidan, Ronaldoni inobatga olsak ham, ulardan yuqori darajada borligini anglash zarur va Messi ana shu bir pog‘ona yuqorida ekani haqiqatan hayratlanarli holat.
Agar jarohatlar ta’siri bo‘lmaganida braziliyalik Ronaldo haqida ham xuddi shu gaplarni aytgan bo‘lardik. Afsuski, u og‘ir jarohatlar domida qolib keldi. Shunga qaramay, u ham ajoyib narsalarga qo‘l urib, muxlislarga quvonch ulasha olgan, - dedi Gari Lineker.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi futbolchilarga beriladigan eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p”ni sakkiz marotaba qo‘lga kiritgan yagona o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar