
Jaloliddin Masharipov faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Unga ikki klub qiziqmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Al Nassr" klubi vakili Jaloliddin Masharipov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistonining "Goal.com" nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizning agenti mamlakat Masharipovga Birlashgan Arab Amirliklarining ikki klubidan qiziqish borligini bildirgan. Ammo aynan qaysi jamoalar ekanligi ochiqlanmagan.
Jaloliddinning agenti bu haqda "Al Nassr" rahbariyatiga ham ma’lum qilgan. Bu variantlar qishki transferlar oynasida ko‘rib chiqiladi.
Fikrlar