Jaloliddinovsiz o‘ynagan "Tambov" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Rossiya Premer-ligasi 16-turidan o‘rin olgan "Ufa" - "Tambov" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Jemaletdinov dubl qayd etgan bo‘lsa, Kamilov va Mrzlyak bir marotabadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shuningdek, bahs mobaynida tambovliklar safida Gritsaenko ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. 

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, hamyurtimiz to‘p tepayotgan klub 12 ochko bilan 14-pog‘onada qoladigan bo‘ldi. "Ufa" esa ochkolari sonini 15 taga etkazib olgan holda, 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool fan
29/11/2020 18:00
Баттар босин