
Janfranko Dzola: "Chelsi"ning natijalari Azarning o‘yiniga bog‘liq
"Chelsi" klubi bosh murabbiy assistenti Janfranko Dzola jamoaning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Azar – fantastik futbolchi. U o‘sishda davom etmoqda. Jamoaning aksariyat natijalari uning maydondagi harakatlariga bog‘liq. Shu bilan birga Eden hali o‘zining eng yaxshi sport formasiga chiqqani yo‘q deb o‘ylayman”, - deydi Dzola.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar