Janni Infantino: Hech bir o‘yin, musobaqa inson salomatligidan ustun emas
FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat xavfsiz bo‘lgunga qadar o‘yinlarni davom ettirishga shoshilmaslik kerak ekanligini ta’kidladi.
"Hech bir o‘yin, turnir yoki liga inson salomatligini xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi. Buni hamma yaxshi tushinishi kerak. Vaziyat 100 foiz xavfsiz bo‘lmagunga qadar o‘yinlarni davom ettirish, mas’uliyatsizlikdan ham yomonroqdir. Agar, biroz ko‘proq kutish kerak bo‘lsa, shunday qilish kerak. Tavakkal qilgandan, yana biroz kutgan ma’qul", - deya Infantinoning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal.com.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda jahonning deyarli barcha futbol birinchiliklari, jumladan kuchlik beshlik va O‘zbekiston Superligasi bahslari ham to‘xtatib qo‘yilgan.

Fikrlar