Janob Anchelotti, men o‘z o‘rnimni unga bermayman!

  • 23 iyul, 2022, 19:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning universal himoyachisi David Alaba bosh murabbiy Karlo Anchelottining rejalarini buzdi.

Tecno

Italiyalik mutaxassis jamoaga dunyoning eng kuchli markaziy himoyachilaridan Antonio Ryudiger olinganidan keyin chap qanotga Alabani o‘tkazmoqchi edi. Avstriyalik futbolchi faoliyati davomida chap qanotda ham muvaffaqiyatli o‘ynagan.

Biroq, Alaba himoya markazida Eder Militao bilan juftlikda o‘ynashda davom ettishini uqtirgan. U joyini Ryudigerga berib qo‘ymoqchi emas. Shuningdek, u chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi bilan almashib o‘ynashga ham qarshi.

30 yoshli  futbolchi faoliyati davomida klublar miqyosida 558 ta uchrashuvda qatnashib, 46 ta gol va 70 ta assist qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!