Janubiy Koreya Eronni ham taslim etdi
Ayni paytda Tailandning Songxla shahrida U-23 Osiyo chempionati "S" guruhidan o‘rin olgan Eron - Janubiy Koreya bahsi o‘tkazildi.
Birinchi taymda Janubiy koreyaliklar 2:0 hisobida oldinda o‘tib olishdi.
Tanaffusdan so‘ng eronliklar hujumga o‘tib, bir marta darvozani ishg‘ol etishdi. Natijada Janubiy Koreya 2:1 hisobida zafar quchdi va ochkolari sonini 6 taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda.



Fikrlar