Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 9 avgust, 2020, 13:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya terma jamoasi va Kanadaning «Vankuver Uaytkeps» klubi yarim himoyachisi Xvan In Bom faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin.

Sportske Novosti nashrining yozishicha, 23 yoshli futbolchiga “Rubin” hamda “Dinamo” Zagreb klublaridan jiddiy takliflar bor. Xorvat klubi Bom uchun 1 mln evro berishga tayyor. Qozonliklar esa nisbatan yaxshiroq taklif tayyorlamoqda.

Xvan In Bom joriy mavsum «Vankuver Uaytkeps» safida MLSda 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!