Janubiya Koreyadan xushxabar. Hamyurtlarimiz 7 ta medalni qo‘lga kiritdi!

Janubiy Koreyaning Muju shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Korea Open" xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga etdi. Ikkinchi kun bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:
-87 kg: Shuhrat Salaev

Kumush medal:
-63 kg: Nazarali Nazarov
-87 kg: Yodgorbek Jo‘raboev
+73 kg: Svetlana Osipova

Bronza medal:
-68 kg: Diyorbek To‘xliboev

Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqada 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 7 ta medal jamg‘arishdi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
16/07/2025 21:05
Maʼlumotga tushunmadim!