Jardim "Monako"dan ketadi

  • 20.12.2019 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Leonardu Jardim tez orada “Monako” klubi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqariladi. Bu haqda Nice-Matin nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra monakoliklar rahbariyati allaqachon bu borada yakuniy qarorga kelib bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Jardim o‘tgan mavsum ham ishdan olingan edi. Biroq, uning o‘rniga kelgan Terri Anri ham vaziyatni o‘nglay olmagach rahbariyat yana portugaliyalik mutaxassisni ortga qaytargan edi.

Ma’lumot uchun, “Monako” ayni damda Frantsiya chempionatida 9-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!