Jastin Getji: Habibning hozir men bilan jang qilishga toqati yo‘q
UFC muvaqqat chempioni Jastin Getji divizion chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
-Biz avgust yoki sentyabrda jang qilishimiiz mumkin. O‘zimni Habibning o‘rnida tasavvur ham qilolmayman. Hozir jang haqida o‘ylashga toqati ham yo‘q. Vaqt o‘tsin, hammasi iziga tushsin, keyin bir qarorga kelamiz. Men Habib bilan jang qilishni Konor MakGregorga qarshi bo‘lgan bellashuvdan ko‘proq xohlayman. Men chempionlik jangiga loyiqman, - dedi Jstin Getji.
Dunyoning eng kuchli jangchisi, deb tan olingan Habib ayni paytda otasi va murabbiyi Abdumanap Nurmagomedovni koronavirusdan davolatish bilan ovora. Otasining sog‘lig‘i bir necha kundan beri o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

Fikrlar