Jastin Getji: "Oktagonga yana qaytmanmi-yo'qmi, aniq bilmayman"

  • 11.09.2026 14:17
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Justin Getji professional faoliyatini yakunlashi haqida tobora ko‘proq gapira boshlandi.

"Bu yil ikki marta jang qildim. Tizzam qattiq lat yegan, haligacha qo‘lim bilan yaxshi urolmayapman, shuning uchun rostdan ham tiklanishim kerak. Shu bois 2026 yil boshqa oktagonga chiqmayman. 

Mening katta oilam bor. Ularga kareramni yakunlash vaqti kelganda men bilan ochiq gaplashishlari kerakligini aytganman. Ular menga bu qarorni qabul qilishda yordam berishlariga ishonaman. Chunki bu jiddiy tanlov. Biroq hozircha aniq bir qarorga kelmadik. Qaytib kelamanmi-yo‘qmi, bilmayman," – dedi "Haylayt" Demetrius Jonson bilan suhbatda.

Avvalroq, UFC rahbari Dana Uayt sobiq chempion Iliya Topuriya 2027 yil iyun oyida amerikalik bilan revansh o‘tkazishi mumkinligini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!