Jasur Abduraimov futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashda ikki karra jahon chempionining xizmatidan foydalanyapti

  • 28 may, 2021, 23:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakat milliy chempionati bahslariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning "Metallurg"  jamoasida mashg‘ulotlarning ikkinchi tsikli boshlandi.

Tecno

FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan "Metallurg" birinchilardan bo‘lib mashg‘ulotlarga qaytganligi haqida muqaddam xabar bergandik. Mashg‘ulotlarning birinchi haftasi murabbiylar shtabi futbolchilarning funktsional, jismoniy tayyorgarligiga jiddiy e’tibor qaratishdi. Boisi ortda qolgan turlar davomida futbolchilarning aynan jismoniy holati, tez toliqib qolishlari, zaxira o‘rindig‘ining torligi Jasur Abduraimovni qiynagandi.

abduraimov1_1

Shu bois Jasur Beradorovich bu galgi yig‘inga o‘zgacha yondashdi. Futbolchilarning jismoniy holatini oshirishda ekstremal sport turlari va bahodirlar o‘yini bo‘yicha 46 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyoning mutloq chempioni, ikki karra jahon chempioni, Arnold klassik sport musobaqalari g‘olibi Sergey Trubitsinni yordamga jalb etdi. O‘zbekistonnning eng kuchli va bahodiri o‘zining tajribasi hamda bilimi bilan futbolchilarning mashg‘ulotlariga rang-baranglik bag‘ishlayapti.

Bekobod shahrida davom etayotgan mashg‘ulotlar har kuni ikki mahaldan olib borilyapti. Kunning birinchi yarmida futbolchilar jismoniy tayyorgarlikni tiklash markazida fitness bilan mashg‘ul bo‘lishyapti. Kunning ikkinchi yarmida esa jamoa "Metallurg"  markaziy stadionida ko‘proq to‘p bilan ishlayapti. Bunda asosiy e’tibor jamoa o‘yinini shakllantirish, to‘p bilan ishlash, turli o‘yin vaziyatlarini ishlab chiqish, kombinatsiyalarni mukammallashtirishga qaratilmoqda.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!