Jasur Jaloliddinov to‘p surayotgan "Tambov" klubi qishda RPLni tark etishi mumkin!

  • 5 dekabr, 2020, 21:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya chempionati debyutanti "Tambov" klubi moliyaviy qiyinchiliklar sabab, Rossiya chempionatini qishdayoq tark etishi mumkin.

Tecno

"Tambov"da huquqiy jihatdan Moskvaning "Lokomotiv"iga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz Jasur Jaloliddinov bor. Biroq mavsum boshida ijaraga olingan yarim himoyachi tambovliklar safida debyut qilgani yo‘q.

"Tambov" dekabr oyidagi barcha o‘yinlarni o‘tkazadi, ammo Tambov rayoni klub oldidagi majburiyatlarini bajarmaganligi sabab, qishda RPLni tark etishi mumkin. Tushunarsiz holat, chunki rahbariyat muammolarga e’tibor qaratmayapti", - deya aytib o‘tgan vaziyatga yaqindan tanish bo‘lgan manba.

"Tambov" rahbariyati klubi futbolchilar oldida qarzdorligi tufayli turnir tashkilotchilari tomonidan sanktsiyaga duch kelishi mumkin. "Spartak"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahs oldidan bir qancha futbolchilar boykot e’lon qildi.

Klub sport ishlari bo‘yicha direktori Pavel Xudyakov o‘yin olidan klubdagi moliyaviy holat o‘ta yomonligini ta’kidlab o‘tdi.

Rossiya Premer-ligasi 17-turidan so‘ng "Tambov" turnir jadvalida 12 ochko to‘plab, 14 o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!