Jasurning jamoasi jar yoqasida

  • 10 noyabr, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni “Lokomotiv”dan ijaraga olgan “Tambov” klubi sport direktori Pavel Xudyakov jamoaning moliyaviy ahvoli og‘ir ekani haqida bayonot berdi.

Tecno

- Moliyaviy ahvolimiz juda yomon. Bu yil hozirga qadar viloyat byudjetidan umuman moliyalashtirish amalga oshirilmadi. Ichki resurslarimiz hisobiga kun ko‘ryapmiz. Vladimir Obuxovni “Rostov”ga sotdik.

Bu vaziyat bizga bosim o‘tkazyapti. Rossiya futbol ittifoqidan litsenziyadan o‘tganimizda viloyat rahbariyatidan moliyalashtirish bo‘yicha kafolat berilgandi. Hammasi yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qilamiz, - dedi Xudyakov.

Sentyabr oyida “Tambov” futbolchilari viloyat gubernatori Aleksandr Nikitinga maosh bo‘yicha qarzdorlikni yopishga yordam berishni so‘rab, maktub yo‘llagan edi.

Agar vaziyat nazoratga olinmasa, "Tambov" klubi bankrot bo‘lishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!